Liaodong universiteti muzeyiga tashrif — bilim va tajriba sari yana bir qadam!

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Akademik litseyi o‘qituvchilari va o‘quvchilari Xitoyning Dandong shahrida joylashgan Liaodong universiteti muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ishtirokchilar universitetning tashkil topishi va rivojlanish tarixi, ta’lim sohasidagi yutuqlari hamda talabalarining turli yo‘nalishlarda erishgan muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, universitet talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan amaliyotlar, loyihalar va turli faoliyatlar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur tashrif o‘quvchilarda universitet hayoti, ta’lim imkoniyatlari va amaliy ta’lim jarayonlari haqida yanada kengroq tasavvur shakllantirdi. 🌏 Bunday xalqaro tashriflar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ilg‘or ta’lim tajribalarini o‘rganish hamda…

Continue ReadingLiaodong universiteti muzeyiga tashrif — bilim va tajriba sari yana bir qadam!

DANDONG — TARIX VA MADANIYAT MASKANLARI

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Akademik litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari Xitoyning Dandong shahrida joylashgan Yalu daryosi ustidagi Singan ko‘prik hamda Dandong tarix va madaniyat muzeyiga tashrif buyurdilar. 🌉 Yalu daryosi ustidagi Singan ko‘prik Xitoy va Shimoliy Koreya chegarasidagi muhim tarixiy yodgorliklardan biri bo‘lib, ushbu maskan tashrif buyuruvchilarga hududning o‘ziga xos tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. 🏛️ Shuningdek, Dandong tarix va madaniyat muzeyiga tashrif davomida shahar tarixi, madaniy merosi va mintaqaning tarixiy taraqqiyoti haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lindi. 📚 Mazkur sayohat akademik litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun tarixiy maskanlarni bevosita…

Continue ReadingDANDONG — TARIX VA MADANIYAT MASKANLARI

Hushan Great Wall — tarix, bilim va unutilmas taassurotlar!

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro yozgi maktab dasturi doirasida O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Akademik litseyi o‘qituvchilari va o‘quvchilari Dandong shahridagi mashhur Hushan Great Wall (虎山长城) tarixiy maskaniga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ishtirokchilar Buyuk Xitoy devorining tarixiy qismi bilan yaqindan tanishib, qadimiy inshoot bo‘ylab sayohat qildilar hamda betakror tabiat manzaralaridan bahramand bo‘ldilar. 🏔️🌿 Mazkur sayohat nafaqat yangi bilim va taassurotlar, balki xalqaro do‘stlik, madaniy almashinuv va unutilmas xotiralar uchun ham ajoyib imkoniyat bo‘ldi. 🤝🌏 🇺🇿 O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Akademik litseyi jamoasi bilan Xitoyning boy tarix va…

Continue ReadingHushan Great Wall — tarix, bilim va unutilmas taassurotlar!

Liaodong universiteti va   Nizomiy nomidagi ozbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Liaodong universiteti va   Nizomiy nomidagi ozbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 📚 Dastur doirasida o‘quvchilar:  • Xitoy tilini o‘rganadi;  • zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi;  • Xitoyda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi;  • temir yo‘l transporti, turizm va aviatsiya yo‘nalishlarida kasbiy tayyorgarlik oladi. 🎓 Ta’lim + kasb + kelajakdagi ish imkoniyati — barchasi bir dasturda! Yoshlarimiz uchun xalqaro ta’lim sari yana bir katta qadam bo'ladi! 🇺🇿🤝🇨🇳

Continue ReadingLiaodong universiteti va   Nizomiy nomidagi ozbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zMPU akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari Xitoyga xalqaro yozgi lager dasturida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi!

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti akademik litseyi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari 2026-yil 17–25-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Dalian va Guanchjou shaharlarida o‘tkaziladigan xalqaro yozgi lager dasturida ishtirok etadilar. 🎓 Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchi va o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro ta’lim tajribasi bilan yaqindan tanishish, xorijiy madaniy muhitni o‘rganish hamda tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish. 🌐 Bunday xalqaro dasturlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, yangi bilim va tajribalarni egallash hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 🇨🇳 Xitoydagi xalqaro yozgi lager ishtirokchilariga omad va unutilmas…

Continue ReadingO‘zMPU akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari Xitoyga xalqaro yozgi lager dasturida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi!

Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor

2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va  my.gov.uz  rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Continue ReadingAkademik litseylarga kirish test natijalari tayyor

Nanjing Communications Institute of Technology vakillari — doktor Jiang Jun hamda doktor Mai Yiyang litseyimiz mehmoni bo‘lishdi.

Tashrif davomida mehmonlar Xitoyning jadal rivojlanib borayotgan transport tizimi, zamonaviy texnologiyalar asosidagi infratuzilma hamda universitetda erishilayotgan ilmiy va amaliy natijalar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelajakdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Mazkur tashrif o‘quvchilar va ustozlarda katta taassurot qoldirdi hamda Xitoy ta’lim tizimi va transport sohasidagi innovatsiyalar bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi.

Continue ReadingNanjing Communications Institute of Technology vakillari — doktor Jiang Jun hamda doktor Mai Yiyang litseyimiz mehmoni bo‘lishdi.

«Inson aziz – xotira muqaddas» tadbiridan

2026-yil 8-may kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlab soha mutaxassislari va o’quvchi-yoshlar ishtirokida tadbir o’tkazildi.  💣 Tadbirda O’zbekiston milliy pedagogika universiteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasidan t.f.n.,dots. F.U.Suguraliyeva hamda bosh o’qituvchi Y.S.Pustovayalar ishtirok etdi.  🧨 Tadbir davomida Xotira va Qadrlash kuni allaqachon chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylanganligi faxr va iftixor ila aytib o’tildi.  🎉 Bugungi tinchlik, xotirjamlik, mustaqillik ne’matlari zamirida urush maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimizning jasoratidan ekanligi ta’kidlab o’tildi.   🎥 Urush voqealarini aks ettiruvchi foto va videolavhalar orqali…

Continue Reading«Inson aziz – xotira muqaddas» tadbiridan

«Sohibqiron Amir Temur – faxrimiz, g’ururimiz» tadbiri jarayonidan

2026-yil 9-aprel kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida Sohibqiron Amir Temurning 690-yilligiga bag‘ishlab “Sohibqiron Amir Temur faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  🔷 Tadbirda O'zbekiston milliy pedagogika universitetining Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.  🔶 Mutaxassislar tomonidan Amir Temurning  bosib o‘tgan mashaqqatli hayot yo‘li va ko‘rsatgan jasoratlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🔷 Ayniqsa, Sohibqironning insonparvarligi, xalqparvarligi, saxovatpeshaligi hatto dushmanlariga ham yaxshilik qilganligi haqidagi qiziqarli tarixiy hikoyat va rivoyatlar o'quvchilarga katta taassurot qoldirdi.  🔶 Tadbirda iste’dodli o’quvchilar tomonidan kuy-qo’shiqlar, hikmatlar xazinasi, takrorlanmas sahna ko’rinishlari namoyish etildi…

Continue Reading«Sohibqiron Amir Temur – faxrimiz, g’ururimiz» tadbiri jarayonidan