Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti akademik litseyi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari 2026-yil 17–25-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Dalian va Guanchjou shaharlarida o‘tkaziladigan xalqaro yozgi lager dasturida ishtirok etadilar.
🎓 Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchi va o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro ta’lim tajribasi bilan yaqindan tanishish, xorijiy madaniy muhitni o‘rganish hamda tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish.
🌐 Bunday xalqaro dasturlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, yangi bilim va tajribalarni egallash hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
🇨🇳 Xitoydagi xalqaro yozgi lager ishtirokchilariga omad va unutilmas taassurotlar tilaymiz


