Tashrif davomida mehmonlar Xitoyning jadal rivojlanib borayotgan transport tizimi, zamonaviy texnologiyalar asosidagi infratuzilma hamda universitetda erishilayotgan ilmiy va amaliy natijalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelajakdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tashrif o‘quvchilar va ustozlarda katta taassurot qoldirdi hamda Xitoy ta’lim tizimi va transport sohasidagi innovatsiyalar bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi.


