«XALQ SUYGAN SHOIRA VA YOSHLAR UCHRASHUVI» TADBIRI JARAYONIDAN
2025-yil 24-noyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida O’zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning turmush o’rtog’i Nazira as-Salom bilan diydor uchrashuvi o’tkazildi. 🔶 Ijodiy kechani akademik litsey rahbari F.Nazarova ochib berib, M.Yusuf ijodiga bo’lgan cheksiz hurmatini shoir haqidagi iliq fikrlarida aytib o’tdi. 🔷 “Oltin qalam” gazetasi bosh muharriri, Muhammad Yusuf nomidagi fond rahbari, shoira Nazira as-Salom o’z ijodi yo’li, shuningdek, M.Yusuf bilan o’tgan shirin xotiralarni yodga olib, shoirning eng yangi sh’erlaridan o’quvchi-yoshlarga aytib berdi. 🔶 Ijodiy kechada M.Yusufning eng sara she’rlari o’quvchi-yoshlar tomonidan mahorat bilan ijro…