You are currently viewing

⭕️ “QADRING BALAND BO’LSIN, ONA TILIM!” TADBIRI JARAYONIDAN

🔷 2026-yil 21-oktyabr Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida “O’zbek tiliga Davlat tili” maqomi berilgan kunning 37 yilligiga bag’ishlab, “Qadring baland bo’lsin, ona tilim!” mavzusida badiiy tadbir bo’lib o’tdi. 

🔶 Tadbirni YBIBDO’ Sh.Kadirova kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarga davlat tili haqidagi Qonunning qabul qilinishi va uning ahamiyati haqida gapirib o’tdi. 

🔷 Tadbirda ona tilimizni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar, she’rlar, jozibador raqslar, xalq laparlari hamda sahna ko’rinishlari iste’dodli talaba-o’quvchilar tomonidan namoyish etildi.

🔶 Bayram tadbiri ToshDO’TAU amaliyotchilari bilan hamkorlikda o’tkazildi.

🔷 “Omon bo’l, ona tilim”, “Birinchi uchrashuv” mavzularida qo’yilgan sahna ko’rinishlari barchaning olqishiga sazovor bo’ldi.  

💐 Bayram dasturini sahnalashtirgan barcha tashkilotchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 

🔶 Ona tilimiz boqiy yashayversin!

Fikr bildirish