Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro yozgi maktab dasturi doirasida O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Akademik litseyi o‘qituvchilari va o‘quvchilari Dandong shahridagi mashhur Hushan Great Wall (虎山长城) tarixiy maskaniga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ishtirokchilar Buyuk Xitoy devorining tarixiy qismi bilan yaqindan tanishib, qadimiy inshoot bo‘ylab sayohat qildilar hamda betakror tabiat manzaralaridan bahramand bo‘ldilar. 🏔️🌿
Mazkur sayohat nafaqat yangi bilim va taassurotlar, balki xalqaro do‘stlik, madaniy almashinuv va unutilmas xotiralar uchun ham ajoyib imkoniyat bo‘ldi. 🤝🌏
🇺🇿 O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Akademik litseyi jamoasi bilan Xitoyning boy tarix va madaniyatini kashf etishda davom etamiz!
#HushanGreatWall #GreatWallOfChina #Dandong #China #Uzbekistan #AcademicLyceum

