Pekindagi yetakchi kompaniyalarga tashrif
Akademik litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilarining Xitoyga amalga oshirayotgan ta’limiy-amaliy safari doirasida Pekin shahridagi qator yirik kompaniyalarga tashriflar tashkil etildi. Dastlab, Guanghui Jintong Education Technology Co., Ltd. kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tashrif davomida ta’lim va aviatsiya sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalari va korxonalar o‘rtasidagi hamkorlik hamda amaliy ta’lim jarayonlari haqida ma’lumotlar olindi. Shuningdek, Pekin Jinjiang guruhi faoliyati o‘rganilib, zamonaviy korporativ boshqaruv, kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlik borasidagi tajribalar bilan tanishildi. Mazkur tashriflar o‘qituvchi va o‘quvchilarga Xitoyning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi…