Liaodong universiteti muzeyiga tashrif — bilim va tajriba sari yana bir qadam!
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Akademik litseyi o‘qituvchilari va o‘quvchilari Xitoyning Dandong shahrida joylashgan Liaodong universiteti muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ishtirokchilar universitetning tashkil topishi va rivojlanish tarixi, ta’lim sohasidagi yutuqlari hamda talabalarining turli yo‘nalishlarda erishgan muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, universitet talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan amaliyotlar, loyihalar va turli faoliyatlar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur tashrif o‘quvchilarda universitet hayoti, ta’lim imkoniyatlari va amaliy ta’lim jarayonlari haqida yanada kengroq tasavvur shakllantirdi. 🌏 Bunday xalqaro tashriflar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ilg‘or ta’lim tajribalarini o‘rganish hamda…