Akademik litseylarga qabul bo’yicha test sinovlari o’tkazilmoqda
Joriy yilning 24–25-avgust kunlari akademik litseylarga qabul bo‘yicha o‘tkazilayotgan test sinovlarida O‘zMPU akademik litseyi o‘qituvchilari faol ishtirok etmoqda.
Joriy yilning 24–25-avgust kunlari akademik litseylarga qabul bo‘yicha o‘tkazilayotgan test sinovlarida O‘zMPU akademik litseyi o‘qituvchilari faol ishtirok etmoqda.
Tashrif davomida mehmonlar Xitoyning jadal rivojlanib borayotgan transport tizimi, zamonaviy texnologiyalar asosidagi infratuzilma hamda universitetda erishilayotgan ilmiy va amaliy natijalar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelajakdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Mazkur tashrif o‘quvchilar va ustozlarda katta taassurot qoldirdi hamda Xitoy ta’lim tizimi va transport sohasidagi innovatsiyalar bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi.
2026-yil 8-may kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlab soha mutaxassislari va o’quvchi-yoshlar ishtirokida tadbir o’tkazildi. 💣 Tadbirda O’zbekiston milliy pedagogika universiteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasidan t.f.n.,dots. F.U.Suguraliyeva hamda bosh o’qituvchi Y.S.Pustovayalar ishtirok etdi. 🧨 Tadbir davomida Xotira va Qadrlash kuni allaqachon chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylanganligi faxr va iftixor ila aytib o’tildi. 🎉 Bugungi tinchlik, xotirjamlik, mustaqillik ne’matlari zamirida urush maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimizning jasoratidan ekanligi ta’kidlab o’tildi. 🎥 Urush voqealarini aks ettiruvchi foto va videolavhalar orqali…
2026-yil 9-aprel kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida Sohibqiron Amir Temurning 690-yilligiga bag‘ishlab “Sohibqiron Amir Temur faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 🔷 Tadbirda O'zbekiston milliy pedagogika universitetining Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 🔶 Mutaxassislar tomonidan Amir Temurning bosib o‘tgan mashaqqatli hayot yo‘li va ko‘rsatgan jasoratlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🔷 Ayniqsa, Sohibqironning insonparvarligi, xalqparvarligi, saxovatpeshaligi hatto dushmanlariga ham yaxshilik qilganligi haqidagi qiziqarli tarixiy hikoyat va rivoyatlar o'quvchilarga katta taassurot qoldirdi. 🔶 Tadbirda iste’dodli o’quvchilar tomonidan kuy-qo’shiqlar, hikmatlar xazinasi, takrorlanmas sahna ko’rinishlari namoyish etildi…
2026-yil 26-mart kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik liseyida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Prorektor va o’quvchi-yoshlar uchrashuvi” tadbiri bo'lib o'tdi. 🔸 Tadbirni akademik litsey direktori F.A.Nazarova ochib berib, uchrashuvning asosiy maqsad va vazifalarini gapirib, mehmonlarni tanishtirib o’tdi. 🔹Tadbirda O’zbekiston milliy pedagogika universitetidan Akademik faoliyat bo’yicha prorektor Z.Y.Raxmonov, shuningdek, bo’lim boshliqlari G.A.Abdilakimov, D.A.Mamatqulov, E.O.Sobirovlar ishtirok etdi. 🔸 Tadbir ochiq muloqot tarzida o’quvchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan aniq dalillar asosida javob berishlari bilan davom etdi. 🔹 Uchrashuv davomida universitetdagi shart-sharoitlar, mavjud fakultetlar va ochilayotgan yangi yo’nalishlar, qabul…
2026-yil 18-mart kuni ONA TILI VA ADABIYOT fani oʻqituvchi D.Xayrullayeva hamda 103-guruh o’quvchilari tashabbuslari bilan tadbir o’tkazildi. Tadbirda “Charxpalak”, “Savol-javob”, “Asar nomini top” kabi bir-biridan qiziqarli shartlar, interaktiv metodlar o’quvchilar ishtirokida yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi. O’quvchilar bilan birga fan o’qituvchilari ham shartlar asosida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdi va esdalik sovg’alariga ega bo’lishdi.
2026-yil 17-mart kuni BIOLOGIYA fani oʻqituvchilari hamda 1-kurslar bilan hamkorlikda tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda belgilangan vaqtda biologiya faniga oid eng koʻp formulalarni yozish shartida oʻquvchilar faol ishtirok etdi. "Savol bizdan javob sizdan" metodida esa oʻquvchilar biologiya faniga doir qiziqarli savollarga javob berdi. Barcha ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
🔴 2026-yil 4-fevral kuni akademik liseyda Fizika fani o’qituvchisi X.Soatmurodova boshchiligida haftalikning ikkinchi kuni 106-guruh o’quvchilari bilan hamkorlikda tadbir bo'lib o'tdi. 🔵 Tadbirda fan o’qituvchi X.Soatmurodova tomonidan laboratoriya mashg’ulotlaridan namunalar amaliy jarayonda ko’rsatib o’tildi. 🟣 Bunda o’quvchilar bilan birga o’qituvchilar ham jarayonni katta qiziqish bilan tomosha qildi va mutaxassisdan kerakli savollariga javoblar oldi.
2026-yil 26-fevral kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik liseyida “Yoshlar kuni” munosabati bilan o’quvchi-yoshlar o’rtasida tadbir bo'lib o'tdi. 🔸 Tadbir 108-guruh o’quvchilarining tashabbuslari bilan turli xil qiziqarli shartlar, interaktiv o’yinlar asosida olib borildi. 🔹 Tadbirda akademik litseyda o’rganayotgan Xiyot tilini o’z tengdoshlariga ham turli xil rangli qog’ozlar, predmet va detallar orqali o’rgatishga va qiziqtirishga harakat qilishdi. 🔸 Barcha o’quvchilar bilan birga o'qituvchilar ham faol ishtirok etdi va esdalik sovg’alariga ega bo’lishdi.
2026-yil 24-fevral kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik liseyida Xitoy tili haftaligi doirasida xitoy tili yo’nalishi o’quvchilari ishtirokida “Xitoy Yangi yil (Chunjie) bayrami” katta shou sifatida bo’lib o’tdi. 🏮Tadbirda 101, 104, 108, 109, 207, 208-guruh o’quvchilari tomonidan Xitoy Yangi yil (Chunjie) bayramini eslatuvchi diltortar kuy-qo’shiqlar, tez aytish, mumtoz she’rlar mahorat bilan ijro etildi. 🩸 Ayniqsa, "san ju ban" ya’ni “Litseyga e’tirof” nomli chiqish barchaga katta taassurot qoldirdi. 🔴 Tadbirda Xitoy milliy madaniyat markazi direktori 张Zhang xonim va boshqa mehmonlar ham ishtirok etdi va o'z bayram taassurotlari…