🔥 2026-yil 5-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida Xitoyning nufuzli oliygohlaridan biri bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi.
👉 Mazkur memorandum doirasida:
🔹ta’lim sohasida tajriba almashish;
🔸pedagog va mutaxassislar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish;
🔹o‘quvchilar uchun qo‘shma ta’lim, madaniy va ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
🔸zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni o‘rganish;
🔹seminar, trening, uchrashuv va boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
🔸o‘quvchi va pedagoglarning xalqaro hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish belgilangan.
🤝 Mazkur memorandum akademik litseyning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga joriy etishga xizmat qiladi.


