«SIZGA TAʼZIMDAMIZ, AZIZ USTOZLAR» TADBIRI JARAYONIDAN
2026-yil 30-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bagʻishlangan bayram dasturi oʻtkazildi. 🌷 Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi. 🌹 Tadbirni YBIBDOʻ Sh.Kadirova ochib berib, barchani bayram bilan tabrikladi. 🌸 Tadbirda ustozlarni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, ashʼorlar va nafis raqslar isteʼdodli oʻquvchilar tomonidan ijro etildi. 🌻 Bayram munosabati bilan fidokorona mehnati uchun bir guruh ustoz va murabbiylar tashakkurnoma bilan taqdirlandi. 🏆 Shuningdek, bayram arafasida oʻtkazilgan tanlov va musobaqa gʻoliblari ham munosib taqdirlandi.