Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida «Qadriyatlaring boqiy bo’lsin Navro’z» shiori ostida tadbir o’tkazildi. Bayram ko’tarinki ruhda tashkil etilib, unda milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz aks etgan ko’rgazmali chiqishlar, raqslar ijro etildi. Tadbir so’ngida o’quvchilar akademik litsey ma’muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.











