You are currently viewing O‘zMPU akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari Xitoyga xalqaro yozgi lager dasturida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi!

O‘zMPU akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari Xitoyga xalqaro yozgi lager dasturida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi!

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti akademik litseyi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari 2026-yil 17–25-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Dalian va Guanchjou shaharlarida o‘tkaziladigan xalqaro yozgi lager dasturida ishtirok etadilar.

🎓 Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchi va o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro ta’lim tajribasi bilan yaqindan tanishish, xorijiy madaniy muhitni o‘rganish hamda tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish.

🌐 Bunday xalqaro dasturlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, yangi bilim va tajribalarni egallash hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

🇨🇳 Xitoydagi xalqaro yozgi lager ishtirokchilariga omad va unutilmas taassurotlar tilaymiz

Fikr bildirish