«ZAKOVAT»NING 2-MAVSUM 2-SONI JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2026-yil 18-fevral kuni Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida "Zakovat" to'garaginingII mavsum 2-soni yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi. 🏵 O'yinda quyidagi "Eksponenta" (101-gr), “Eruditlar” (102-gr), "Al-aqoid" (103-gr), "Akademiklar" (105-gr), "Intellekt" (106-gr), "Ilm izlovchilar" (107-gr) jamoalari bilim borasida bellashdi. 🧿 O’yinning 3 ochkoli “Blits savol” raund savollariga “Eksponenta”, “Al-aqoid” jamoalari 3 ochkoni o’z jamoasiga yozdirdi. 🩸O’yin natijalariga ko'ra: 🥎 “Akademiklar”-6;🏀 “Ilm izlovchilar”-7;🏈 “Eruditlar”-10;🏐 “Intellekt”-11;⚽️ “Al-aqoid”-11;🏆101-guruhning “Eksponenta” jamoasi 14 ochko bilan g’alaba qozondi. 💦 To’garak faoliyati haftaning har Chorchanba kuni o’tkaziladi.

Continue Reading«ZAKOVAT»NING 2-MAVSUM 2-SONI JARAYONIDAN

SPEAKING CLUB with JANET FROM FLORIDA

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

✅ Today, students of UZMPU Academic Lyceum had an engaging and interactive Speaking Club session with Janet, a guest teacher from Florida. ❇️ During the lesson, we learned useful vocabulary used in movies, discussed which types of films can be beneficial or harmful, and even created our own short movie ideas. ✅ The class was extremely interesting, creative, and inspiring. It helped us improve our speaking skills, critical thinking, and teamwork. ❇️ Learning English can be fun and powerful!

Continue ReadingSPEAKING CLUB with JANET FROM FLORIDA

«NAVOIY VA BOBUR IJOD OLAMIGA SAYOHAT» tadbiri jarayonidan

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2026-yil 11-fevral kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik liseyida Navoiyxonlik va Boburxonlik oyligi doirasida “NAVOIY VA BOBUR IJOD OLAMIGA SAYOHAT” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. 🔸 Tadbir Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Sh.Qayimova hamda 107-guruh o’quvchilari hamkorligida tashkil etildi. 🔹 Tashkilotchilar tomonidan “Savol va sovg’a” “Qo’shiq va kitob”, “Krossvord” kabi metodlar o’quvchilar e’tiboriga havola etildi. 🔸 O’quvchilar bilan birga barcha fan o’qituvchilari faol ishtirok etib, esdalik sovg’alarni qo’lga kiritdi.

Continue Reading«NAVOIY VA BOBUR IJOD OLAMIGA SAYOHAT» tadbiri jarayonidan

«ALISHER NAVOIY VA BUGUNGI AVLOD» TADBIRI JARAYONIDAN

✅ 2026-yil 9-fevral kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik liseyida Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi D.Saparova hamda 106-guruh o’quvchilari bilan hamkorlikda tadbir bo'lib o'tdi. ❇️ Tadbirda ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning 585 yilligiga bag'ishlangan jumboqlar turli metodlar asosida olib borildi. ✅ Bunda o’quvchilar “So’zlardan bayt yarat”, “Hamma harf kalit emas”, “Navoiy bitiklari…” kabi qiziqarli shartlarda o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdi. ❇️ O’quvchilar bilan birga Alisher Navoiyga qiziquvchi boshqa fan o’qituvchilari ham faol ishtirok etib, sovg’alar egasiga aylandi. 🎗 Alisher Navoiy ruhi abadiy yashayversin!

Continue Reading«ALISHER NAVOIY VA BUGUNGI AVLOD» TADBIRI JARAYONIDAN

«Zakovat»ning II mavsum 1-sonidan

🔷 2026-yil 4-fevral kuni Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida "Zakovat" to'garagining II mavsum 1-soni yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi. 🔶 O'yinda quyidagi "Ekspanenta" (101-gr), “Eruditlar” (102-gr), "Al-aqoid" (103-gr), "Akademiklar" (105-gr), "Intellekt" (106-gr), "Ilm izlovchilar" (107-gr), "Ziyolilar" (108-gr) jamoalari bilim borasida bellashdi. 🔷 O’yinning 3 ochkoli “Blits savol” raund savollariga “Ekspanenta”, “Al-aqoid” hamda “Akademiklar” jamoalari 2 ochkoni o’z jamoasiga yozdirdi. 🩸O’yin natijalariga ko'ra: 🥎 “Intellekt”-3;🏀 “Ilm izlovchilar”-4;🏈 “Ziyolilar”-5,⚾️ “Eruditlar”-5;🏐 “Ekspanenta”-8;⚽️ “Al-aqoid”-8;🏆105-guruhning “Akademiklar” jamoasi 9 ochko bilan g’alaba qozondi. ☄️To’garak faoliyati haftaning har Chorchanba kuni…

Continue Reading«Zakovat»ning II mavsum 1-sonidan

«YOSHLAR O’RTASIDA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH…» TADBIRI JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2026-yil 30-yanvar kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida soha mutaxassislari hamda o'quvchilar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.  ❇️ Tadbirda ichki ishlar akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik F.H.Axmedov, Yakkasaroy tuman IIO FMB BE va YPTEG inspektori, katta leytenant M.Ochilovalar ishtirok etdi.  ✅ Soha mutaxassislari tomonidan kiberjinoyatchilikning salbiy oqibatlari, turlari va uning insonlar hayotida olib keluvchi xavfli ta'sirlari xususida batafsil ma'lumot berildi.  ❇️ Mavzuga oid slayd, videolar namoyishi ham o'quvchilarga katta taassurot qoldirdi. ❇️ O'quvchilar tomonidan berilgan savollarga ochiq muloqot tarzida mutaxassislar tomonidan asosli javoblar berildi.

Continue Reading«YOSHLAR O’RTASIDA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH…» TADBIRI JARAYONIDAN

«Vatan himoyasi – muqaddas burch» tadbiri jarayonidan

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2026-yil 14-yanvar kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.    ❇️ Tadbir akademik litsey YoCHT rahbari T.Abdullayev hamda koʻngilli yoshlar hamkorligida tashkil etildi.  ❇️ Oʻquvchi-yoshlarga Vatanga boʻlgan muhabbatni, farzandlik burchni, sodiqlikni, kerak boʻlsa hayotini ham xavfga qoʻyib uni himoya qilish kerakligi haqidagi videoroliklar, slayd va fotolavhalar namoyish etildi.   ❇️ Bunday tadbirlar oquvchi-yoshlar qalbiga Vatanga munosib xizmat qilish, uning sarhadlarini himoya qilish kabi insoniy fazilatlarni shakllanishiga xizmat qiladi.

Continue Reading«Vatan himoyasi – muqaddas burch» tadbiri jarayonidan