2026-yil 30-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida «Ustoz va murabbiylar kuni»ga bagʻishlangan bayram dasturi oʻtkazildi.
🌷 Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.
🌹 Tadbirni YBIBDOʻ Sh.Kadirova ochib berib, barchani bayram bilan tabrikladi.
🌸 Tadbirda ustozlarni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, ashʼorlar va nafis raqslar isteʼdodli oʻquvchilar tomonidan ijro etildi.
🌻 Bayram munosabati bilan fidokorona mehnati uchun bir guruh ustoz va murabbiylar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
🏆 Shuningdek, bayram arafasida oʻtkazilgan tanlov va musobaqa gʻoliblari ham munosib taqdirlandi.




