1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!
Ushbu bayram munosabati bilan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori tomonidan Akademik litsey ustozlariga Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurish uchun maxsus taklifnomalar taqdim etildi.
Litseyda faoliyat olib borayotgan ustozlarimiz ushbu markazga tashrif buyurib, mazmunli taassurotlar va bayramona kayfiyat bilan qaytdilar.
Ustozlarga bo‘lgan e’tibor va ehtirom uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz!
Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan muborakbod etamiz!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ilhom va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!












