Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida xorijlik hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda universitet rektori Xilola Umarova, akademik litsey direktori Farida Nazarova va Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, akademik litsey faoliyatiga xalqaro tajribalarni joriy etish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim jarayonida zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv akademik litseyning xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va ta’lim sifatini yanada oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
