You are currently viewing 1-KURS O’QUVCHILARINI TANTANALI KUTIB OLISH JARAYONIDAN

1-KURS O’QUVCHILARINI TANTANALI KUTIB OLISH JARAYONIDAN

🔵 2026-yil 2-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida o’qishga qabul qilingan 

1-kurs o’quvchilari va ularning ota-onalari munosib ravishda kutib olindi. 

🔴 Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi. 

⚪️ Tadbirni ochib berish va o’quvchilarga ezgu tilaklar bildirish maqsadida muassasa direktori Nazarova Farida Abduraximovnaga so’z berildi.

🟢 Direktor F.A.Nazarova o’z so’zida barchani Mustaqillikning 35 yilligi hamda yangi o’quv yili bilan samimiy muborakbod etdi. 

♻️ Tadbirda farzandining quvonchiga sherik bo’lgan juda ko’plab ota-onalar ham tashrif buyurdi. 

💻 Tadbirdan so’ng o’quvchilar guruh rahbarlari ko’magida “Mustaqillik darsi”ga yo’l oldi.

Fikr bildirish