You are currently viewing DANDONG — TARIX VA MADANIYAT MASKANLARI

DANDONG — TARIX VA MADANIYAT MASKANLARI

Akademik litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari Xitoyning Dandong shahrida joylashgan Yalu daryosi ustidagi Singan ko‘prik hamda Dandong tarix va madaniyat muzeyiga tashrif buyurdilar.

🌉 Yalu daryosi ustidagi Singan ko‘prik Xitoy va Shimoliy Koreya chegarasidagi muhim tarixiy yodgorliklardan biri bo‘lib, ushbu maskan tashrif buyuruvchilarga hududning o‘ziga xos tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

🏛️ Shuningdek, Dandong tarix va madaniyat muzeyiga tashrif davomida shahar tarixi, madaniy merosi va mintaqaning tarixiy taraqqiyoti haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lindi.

📚 Mazkur sayohat akademik litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun tarixiy maskanlarni bevosita ko‘rish, yangi bilim va unutilmas taassurotlar olish imkonini yaratdi.

Fikr bildirish