Nanjing Communications Institute of Technology vakillari — doktor Jiang Jun hamda doktor Mai Yiyang litseyimiz mehmoni bo‘lishdi.

Tashrif davomida mehmonlar Xitoyning jadal rivojlanib borayotgan transport tizimi, zamonaviy texnologiyalar asosidagi infratuzilma hamda universitetda erishilayotgan ilmiy va amaliy natijalar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelajakdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Mazkur tashrif o‘quvchilar va ustozlarda katta taassurot qoldirdi hamda Xitoy ta’lim tizimi va transport sohasidagi innovatsiyalar bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi.

Continue ReadingNanjing Communications Institute of Technology vakillari — doktor Jiang Jun hamda doktor Mai Yiyang litseyimiz mehmoni bo‘lishdi.

«Inson aziz – xotira muqaddas» tadbiridan

2026-yil 8-may kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlab soha mutaxassislari va o’quvchi-yoshlar ishtirokida tadbir o’tkazildi.  💣 Tadbirda O’zbekiston milliy pedagogika universiteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasidan t.f.n.,dots. F.U.Suguraliyeva hamda bosh o’qituvchi Y.S.Pustovayalar ishtirok etdi.  🧨 Tadbir davomida Xotira va Qadrlash kuni allaqachon chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylanganligi faxr va iftixor ila aytib o’tildi.  🎉 Bugungi tinchlik, xotirjamlik, mustaqillik ne’matlari zamirida urush maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimizning jasoratidan ekanligi ta’kidlab o’tildi.   🎥 Urush voqealarini aks ettiruvchi foto va videolavhalar orqali…

Continue Reading«Inson aziz – xotira muqaddas» tadbiridan