2026-yil 9-aprel kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida Sohibqiron Amir Temurning 690-yilligiga bag‘ishlab “Sohibqiron Amir Temur faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔷 Tadbirda O’zbekiston milliy pedagogika universitetining Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
🔶 Mutaxassislar tomonidan Amir Temurning bosib o‘tgan mashaqqatli hayot yo‘li va ko‘rsatgan jasoratlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔷 Ayniqsa, Sohibqironning insonparvarligi, xalqparvarligi, saxovatpeshaligi hatto dushmanlariga ham yaxshilik qilganligi haqidagi qiziqarli tarixiy hikoyat va rivoyatlar o’quvchilarga katta taassurot qoldirdi.
🔶 Tadbirda iste’dodli o’quvchilar tomonidan kuy-qo’shiqlar, hikmatlar xazinasi, takrorlanmas sahna ko’rinishlari namoyish etildi va tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo’ldi.





