✅ 2026-yil 9-fevral kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik liseyida Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi D.Saparova hamda 106-guruh o’quvchilari bilan hamkorlikda tadbir bo’lib o’tdi.
❇️ Tadbirda ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning 585 yilligiga bag’ishlangan jumboqlar turli metodlar asosida olib borildi.
✅ Bunda o’quvchilar “So’zlardan bayt yarat”, “Hamma harf kalit emas”, “Navoiy bitiklari…” kabi qiziqarli shartlarda o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdi.
❇️ O’quvchilar bilan birga Alisher Navoiyga qiziquvchi boshqa fan o’qituvchilari ham faol ishtirok etib, sovg’alar egasiga aylandi.
🎗 Alisher Navoiy ruhi abadiy yashayversin!





