«ALISHER NAVOIY VA BUGUNGI AVLOD» TADBIRI JARAYONIDAN

✅ 2026-yil 9-fevral kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik liseyida Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi D.Saparova hamda 106-guruh o’quvchilari bilan hamkorlikda tadbir bo'lib o'tdi. ❇️ Tadbirda ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning 585 yilligiga bag'ishlangan jumboqlar turli metodlar asosida olib borildi. ✅ Bunda o’quvchilar “So’zlardan bayt yarat”, “Hamma harf kalit emas”, “Navoiy bitiklari…” kabi qiziqarli shartlarda o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdi. ❇️ O’quvchilar bilan birga Alisher Navoiyga qiziquvchi boshqa fan o’qituvchilari ham faol ishtirok etib, sovg’alar egasiga aylandi. 🎗 Alisher Navoiy ruhi abadiy yashayversin!

Continue Reading«ALISHER NAVOIY VA BUGUNGI AVLOD» TADBIRI JARAYONIDAN