You are currently viewing «KIBERJINOYATCHILIK VA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH» TADBIRIDAN

«KIBERJINOYATCHILIK VA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH» TADBIRIDAN

2026-yil 24-fevral kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik liseyida “Kiberjinoyatchilik, giyohvandlikka qarshi kurashish va profilaktikasini tashkil etish” mavzusida soha mutaxassislari va o’quvchilar ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi. 

❇️ Tadbirda Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi Yakkasaroy tuman bo’limi bosh mutaxassisi O.Axmedov, tuman IIO kiberxavfsizlik bo’limi inspektori O.Sayakov, tuman IIO FMB XPB XQMB katta inspektorlari, podpolkovnik F.Samatova, mayor G.Ishanxajayeva, kapitan M.Djumabayeva, voyaga yetmaganlar va yoshlar profilaktikasi inspektori, leytenant F.Tursunov, YoCHT rahbari T.Abdullayevlar ishtirok etdi. 

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan yuqoridagi mavzu bo’yicha eng muhim va kerakli ma’lumotlar to’liq yetkazildi, mavzu doirasida fleyerlar tarqatildi, videoroliklar namoyish etildi.   

❇️ O’quvchi-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldi.

Fikr bildirish