«NAVOIY VA BOBUR IJOD OLAMIGA SAYOHAT» tadbiri jarayonidan

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2026-yil 11-fevral kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik liseyida Navoiyxonlik va Boburxonlik oyligi doirasida “NAVOIY VA BOBUR IJOD OLAMIGA SAYOHAT” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. 🔸 Tadbir Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Sh.Qayimova hamda 107-guruh o’quvchilari hamkorligida tashkil etildi. 🔹 Tashkilotchilar tomonidan “Savol va sovg’a” “Qo’shiq va kitob”, “Krossvord” kabi metodlar o’quvchilar e’tiboriga havola etildi. 🔸 O’quvchilar bilan birga barcha fan o’qituvchilari faol ishtirok etib, esdalik sovg’alarni qo’lga kiritdi.

Continue Reading«NAVOIY VA BOBUR IJOD OLAMIGA SAYOHAT» tadbiri jarayonidan

«ALISHER NAVOIY VA BUGUNGI AVLOD» TADBIRI JARAYONIDAN

✅ 2026-yil 9-fevral kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik liseyida Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi D.Saparova hamda 106-guruh o’quvchilari bilan hamkorlikda tadbir bo'lib o'tdi. ❇️ Tadbirda ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning 585 yilligiga bag'ishlangan jumboqlar turli metodlar asosida olib borildi. ✅ Bunda o’quvchilar “So’zlardan bayt yarat”, “Hamma harf kalit emas”, “Navoiy bitiklari…” kabi qiziqarli shartlarda o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdi. ❇️ O’quvchilar bilan birga Alisher Navoiyga qiziquvchi boshqa fan o’qituvchilari ham faol ishtirok etib, sovg’alar egasiga aylandi. 🎗 Alisher Navoiy ruhi abadiy yashayversin!

Continue Reading«ALISHER NAVOIY VA BUGUNGI AVLOD» TADBIRI JARAYONIDAN

«Zakovat»ning II mavsum 1-sonidan

🔷 2026-yil 4-fevral kuni Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida "Zakovat" to'garagining II mavsum 1-soni yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi. 🔶 O'yinda quyidagi "Ekspanenta" (101-gr), “Eruditlar” (102-gr), "Al-aqoid" (103-gr), "Akademiklar" (105-gr), "Intellekt" (106-gr), "Ilm izlovchilar" (107-gr), "Ziyolilar" (108-gr) jamoalari bilim borasida bellashdi. 🔷 O’yinning 3 ochkoli “Blits savol” raund savollariga “Ekspanenta”, “Al-aqoid” hamda “Akademiklar” jamoalari 2 ochkoni o’z jamoasiga yozdirdi. 🩸O’yin natijalariga ko'ra: 🥎 “Intellekt”-3;🏀 “Ilm izlovchilar”-4;🏈 “Ziyolilar”-5,⚾️ “Eruditlar”-5;🏐 “Ekspanenta”-8;⚽️ “Al-aqoid”-8;🏆105-guruhning “Akademiklar” jamoasi 9 ochko bilan g’alaba qozondi. ☄️To’garak faoliyati haftaning har Chorchanba kuni…

Continue Reading«Zakovat»ning II mavsum 1-sonidan

«YOSHLAR O’RTASIDA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH…» TADBIRI JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2026-yil 30-yanvar kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida soha mutaxassislari hamda o'quvchilar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.  ❇️ Tadbirda ichki ishlar akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik F.H.Axmedov, Yakkasaroy tuman IIO FMB BE va YPTEG inspektori, katta leytenant M.Ochilovalar ishtirok etdi.  ✅ Soha mutaxassislari tomonidan kiberjinoyatchilikning salbiy oqibatlari, turlari va uning insonlar hayotida olib keluvchi xavfli ta'sirlari xususida batafsil ma'lumot berildi.  ❇️ Mavzuga oid slayd, videolar namoyishi ham o'quvchilarga katta taassurot qoldirdi. ❇️ O'quvchilar tomonidan berilgan savollarga ochiq muloqot tarzida mutaxassislar tomonidan asosli javoblar berildi.

Continue Reading«YOSHLAR O’RTASIDA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH…» TADBIRI JARAYONIDAN

«Vatan himoyasi – muqaddas burch» tadbiri jarayonidan

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2026-yil 14-yanvar kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.    ❇️ Tadbir akademik litsey YoCHT rahbari T.Abdullayev hamda koʻngilli yoshlar hamkorligida tashkil etildi.  ❇️ Oʻquvchi-yoshlarga Vatanga boʻlgan muhabbatni, farzandlik burchni, sodiqlikni, kerak boʻlsa hayotini ham xavfga qoʻyib uni himoya qilish kerakligi haqidagi videoroliklar, slayd va fotolavhalar namoyish etildi.   ❇️ Bunday tadbirlar oquvchi-yoshlar qalbiga Vatanga munosib xizmat qilish, uning sarhadlarini himoya qilish kabi insoniy fazilatlarni shakllanishiga xizmat qiladi.

Continue Reading«Vatan himoyasi – muqaddas burch» tadbiri jarayonidan

«AKADEMIK LITSEYDA AMALIYOTCHI TALABALAR TASHABBUSI» TADBIRI JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2025-yil 17-dekabr kuni akademik liseyda Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tashabbusi bilan katta tanaffus daqiqalari qiziqarli o’tkazildi. 💥Tadbirda bir-biridan qiziqarli shartlar “Mevali shashka”, “Harflardan so’z yasash”, “Tezkor savol-javob” kabi interaktiv metodlardan foydalanildi. ⚡️Bunda o’quvchilar bilan birga o’qituvchilar ham faol ishtirok etdi. 💐 G’oliblar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. 🔥 Mazmunli va qiziqarli daqiqalar uchun amaliyotchilarga va ularning rahbariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Continue Reading«AKADEMIK LITSEYDA AMALIYOTCHI TALABALAR TASHABBUSI» TADBIRI JARAYONIDAN

«KONSTITUTSIYA BILIMDONLARI» TANLOVI G’OLIBLARI ANIQLANDI

2025-yil 5-dekabr kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida Konstitutsiyaning 33 yilligiga bag'ishlab 1-kurslar o'rtasida "Konstitutsiya bilimdonlari" tanlovi bo'lib o'tdi.  ❇️ Tanlov ishtirokchilari 4 shart bo'yicha Konstitutsiyaga oid bilimlarini, o'z iste'dodlarini namoyish etdi.  ✅ Tadbirda devoriy gazeta, chellenj hamda insholar tanlovi g'oliblari ham munosib taqdirlandi.  💥 Hakamlar qaroriga ko'ra quyidagi guruhlar faxrli o'rinlarga munosib deb topildi. 🥇-o'rin: "Yuristlar" (105-gr); 🥈-o'rin: "Huquq yulduzlari" (106-gr); 🥉-o'rin: "Qonun himoyachilari" (107-gr).  🏆 Konstitutsiya bilimdonlarning barchasi medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.  ✅ KONSTITUTSIYAMIZ ABADIY YASHAYVERSIN!

Continue Reading«KONSTITUTSIYA BILIMDONLARI» TANLOVI G’OLIBLARI ANIQLANDI

“ENG ZUKKO KITOBXON” TANLOVINING I BOSQICH JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2025-yil 24-noyabr kuni Niozomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida o’zuvchilar o’rtasida ilk marotaba “ENG ZUKKO KITOBXON” tanlovi bo’lib o’tdi. 🔵 Tanlov ishtirokchilari 1-shart bo’yicha o’zi sevgan allomasi, shoir-u yozuvchilari haqidagi eng noyob ma’lumotlarni hakamlar hay’atining qo’shimcha savollari bilan o’ziga ishonch ila gapirib berdi. 🟢 Tanlovning I bosqichi yuqori haroratdagi kayfiyat bilan o’tdi. 🟡 Barcha ishtirokchilar bu tanlov orqali o’zlariga eng yaqin, eng bilimli, eng zukko do’stlar bilan tanishganlarni o’z fikrlarida aytib o’tishdi. 🟣 Tanlovda ishtirok etgan barcha…

Continue Reading“ENG ZUKKO KITOBXON” TANLOVINING I BOSQICH JARAYONIDAN

«XALQ SUYGAN SHOIRA VA YOSHLAR UCHRASHUVI» TADBIRI JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2025-yil 24-noyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida O’zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning turmush o’rtog’i Nazira as-Salom bilan diydor uchrashuvi o’tkazildi. 🔶 Ijodiy kechani akademik litsey rahbari F.Nazarova ochib berib, M.Yusuf ijodiga bo’lgan cheksiz hurmatini shoir haqidagi iliq fikrlarida aytib o’tdi. 🔷 “Oltin qalam” gazetasi bosh muharriri, Muhammad Yusuf nomidagi fond rahbari, shoira Nazira as-Salom o’z ijodi yo’li, shuningdek, M.Yusuf bilan o’tgan shirin xotiralarni yodga olib, shoirning eng yangi sh’erlaridan o’quvchi-yoshlarga aytib berdi. 🔶 Ijodiy kechada M.Yusufning eng sara she’rlari o’quvchi-yoshlar tomonidan mahorat bilan ijro…

Continue Reading«XALQ SUYGAN SHOIRA VA YOSHLAR UCHRASHUVI» TADBIRI JARAYONIDAN

«INGLIZ TILI HAFTALIGI O’QUVCHILAR NIGOHIDA» TADBIRI JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2025-yil 24-noyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida ingliz tili haftaligiga start berildi. 🏵 Ingliz tili haftaligining ilk kunida fan o’qituvchilari tomonidan bir-biridan qiziqarli ma’lumotlar, interaktiv o’yinlar o’quvchi-yoshlar e’tiboriga havola etildi. 🎗O’quvchi-yoshlar tomonidan faollik juda yuqori bo’lish bilan birga, o’z tengdoshlarining ingliz tilini qay darajada bilishlari uchun qo’llagan qiziqarli o’yinlari katta qiziqish uyg’otdi. 💎 Reja asosida ingliz tili haftaligi davom etadi va biz ishtirok etishda, kuzatishda faol bo’lamiz.

Continue Reading«INGLIZ TILI HAFTALIGI O’QUVCHILAR NIGOHIDA» TADBIRI JARAYONIDAN