Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari, umum ta’lim maktablari va akademik litseylar o‘quvchi hamda talabalari uchun o‘tkazilayotgan “Xitoy tili ko‘prigi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

????Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalari rahbarlari hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ijrochi direktori ishtirok etdi va nutq so‘zladi. ????Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi, ushbu tadbirda akademik litsey nomidan ishtirok etayotgan o‘quvchilar Akromxo‘jayeva Vasila va Tadjibayev Amirlarga muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Continue ReadingXitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari, umum ta’lim maktablari va akademik litseylar o‘quvchi hamda talabalari uchun o‘tkazilayotgan “Xitoy tili ko‘prigi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oriental universiteti tomonidan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarining 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilari o‘rtasida Arab tili fani bo‘yicha II Respublika fan olimpiadasi o‘tkazildi. 

Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 13 nafar 2-bosqich bitiruvchilari faol ishtirok etishdi.Olimpiada natijalariga ko‘ra 3-nafar bitiruvchilar, Nuriddinova Mohira Kamoliddin qizi – faxrli 1-o‘rin, To‘ychiyeva Ziyoda Qudratilla qizi – faxrli 2-o‘rin va Tohirova Xadicha Murod qizi – faxrli 3-o‘rinni qo‘ga kiritishib, imtihonlarsiz grant asosida Oriental universitetiga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.Bundan tashqari 6 nafar bitiruvchilar (Abdusalomova Madinabonu Rustamjon qizi, Baxtiyorova Munisa Dilmurod qizi, Miraxmatov Ali Ulug‘bekovich, Komiljonova Xadicha To‘lqin qizi, Tohirov Ismoil Murod o‘g‘li, Xasanboyeva Zahroxon Farxod qizi) faol ishtirok etganligi sababli…

Continue ReadingO‘zbekiston Respublikasi Oriental universiteti tomonidan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarining 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilari o‘rtasida Arab tili fani bo‘yicha II Respublika fan olimpiadasi o‘tkazildi. 

Akademik litseylarga hujjatlar 1-iyundan onlayn qabul qilinadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrug‘i tasdiqlandi. Unga ko‘ra, akademik litseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Yagona ta’lim xizmatlari portali” my.edu.uz platformasi orqali joriy yil 1-iyundan 30-iyunga qadar bepul amalga oshiriladi. Respublikamizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari haqidagi ma’lumot platformada avtomatik shakllanadi. Faqat ular imtiyoz beruvchi hujjat va 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat (agar pasport/ID olmagan bo‘lsa) yuklashlari zarur bo‘ladi. Ayrim abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida platforma orqali quyidagi hujjatlarni yuklaydi:…

Continue ReadingAkademik litseylarga hujjatlar 1-iyundan onlayn qabul qilinadi

 Koreya Respublikasi elchixonasi xamda Koreya ta’lim markazi tomonidan tashkillashtirilgan O‘zbekistonlik o‘quvchilar o‘rtasida “Notiqlik san’ati” tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 3 may kuni Koreya Respublikasi elchixonasi xamda Koreya ta’lim markazi tomonidan tashkillashtirilgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar o‘rtasida “Notiqlik san’ati” tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2 nafar o‘quvchisi Abdulatifova Asal va Matqosimova Sevinch ishtirok etib “Eng mazmunli hikoya” va “Eng mohir notiq” nominatsiyalarida g‘olib deb topildilar. Ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Continue Reading Koreya Respublikasi elchixonasi xamda Koreya ta’lim markazi tomonidan tashkillashtirilgan O‘zbekistonlik o‘quvchilar o‘rtasida “Notiqlik san’ati” tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Kuch – adolatda” nomli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida joriy yilning 10 aprel kuni “Kuch - adolatda” nomli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Nizomiy nomidagi TDPU “O‘zbekiston tarixi” kafedrasining Katta o‘qituvchisi Pustovaya Ye.S. o‘quvchi-yoshlarga Buyuk ajdodimiz Amir Temurning bosib o‘tgan yo‘li, davlat arbobi sifatida qilgan ishlari va xarbiy yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Continue Reading“Kuch – adolatda” nomli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Xitoy xalq respublikasi elchixonasi tomonidan o’tkazilgan ,,Xitoy tili ko’prigi-2022’’ musobaqasi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi «Xorijiy filologiya» xitoy tili yo’nalishi o`quvchisi Akromxo`jayeva Vasila Dilmurod qizi Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan Davlat ta`lim grantlari dasturi bo`yicha tanlovda ishtirok etib, g`oliblikni qo`lga kiritdi va o`zi tanlagan yo`nalish bo`yicha Xitoy xalq respublikasi Oliy ta`lim muassasasiga davlat granti asosida imtiyozli o’qish imkoniyatiga ega bo’ldi. Akromxo’jayeva Vasila akademik litsey hayotida faol ishtirok etuvchi iqtidorli o’quvchilardan biri hisoblanadi. Bundan tashqqari Vasila akademik litseyda o’qish davomida quyidagi yutuqlarga erishgan: -O’rta maxsus va professional ta’lim muassalari o’quvchilari o’rtasida…

Continue ReadingXitoy xalq respublikasi elchixonasi tomonidan o’tkazilgan ,,Xitoy tili ko’prigi-2022’’ musobaqasi

Asosiy fan olimpiadalarining III-Toshkent shahar bosqichi

Asosiy fan olimpiadalarining III-Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari taqdirlandi. 2022-yilning 6-dekabr kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli umumta’lim maktabida asosiy fan olimpiadalarining III-Toshkent Shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchilari Ataxodjayeva Nazokatxon Muxtorxo‘ja qizi 1-o‘rin (tarix) va Ibrahimova Zuhraxon Ixtiyor qizi 2-o‘rin (tarix) g‘oliblari sifatida diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. G‘oliblarga diplom va mukofotlarni Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i N.Xusanboyeva topshirdi.

Continue ReadingAsosiy fan olimpiadalarining III-Toshkent shahar bosqichi

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Bugun 2022-yilning 28-noyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash bo‘yicha “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’sul xodimi J.V.Meliqo‘ziyev, tuman hokimligi xodimlari, akademik litsey pedagogik xodimlari va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Continue Reading“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv

Akademik litseylarga kirish test natijalari e’lon qilinmoqda

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

?2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. ☑️Yakuniy natijalarni vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali bilishingiz mumkin. ☝️Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi ? Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida: ➖ u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi. ❗️Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey…

Continue ReadingAkademik litseylarga kirish test natijalari e’lon qilinmoqda

ТДПУ академик лицейнинг «Хорижий тиллар (араб)» йуналиши 2-курс укувчилари

ТДПУ академик лицейнинг "Хорижий тиллар (араб)" йуналиши 2-курс укувчиси Каримова Мохлархон қизи ал-Бухорий республика фан олимпиадасида фахрли 3-ўринни эгаллаб, "AL-BUKHARI UNIVERSITY" нинг гранти асосида "Филология ва тилларни укитиш (араб)" бакалавриат таълим йуналишининг 1-курс талабаси булди. ТДПУ академик лицейнинг "Хорижий тиллар (араб)" йуналиши 2-курс укувчиси Қудратиллаева Сарвиноз Исматилла қизи ал-Бухорий республика фан олимпиадасида фахрли 3-ўринни эгаллаб, "AL-BUKHARI UNIVERSITY" нинг гранти асосида "Филология ва тилларни укитиш (араб)" бакалавриат таълим йуналишининг 1-курс талабаси булди.

Continue ReadingТДПУ академик лицейнинг «Хорижий тиллар (араб)» йуналиши 2-курс укувчилари