2026-yil 30-yanvar kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida soha mutaxassislari hamda o’quvchilar ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi.
❇️ Tadbirda ichki ishlar akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik F.H.Axmedov, Yakkasaroy tuman IIO FMB BE va YPTEG inspektori, katta leytenant M.Ochilovalar ishtirok etdi.
✅ Soha mutaxassislari tomonidan kiberjinoyatchilikning salbiy oqibatlari, turlari va uning insonlar hayotida olib keluvchi xavfli ta’sirlari xususida batafsil ma’lumot berildi.
❇️ Mavzuga oid slayd, videolar namoyishi ham o’quvchilarga katta taassurot qoldirdi.
❇️ O’quvchilar tomonidan berilgan savollarga ochiq muloqot tarzida mutaxassislar tomonidan asosli javoblar berildi.





