Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan barcha ta’lim muassasalarida ,,Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik’’ mavzusida mustaqillik darslari bo’lib o’tmoqda. Shu jumladan, bizni Nizomiy nomidagi TDPU akademik litseyida ham 6-sentabr kuni barcha guruhlarda:
Ozbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasida olib borayotgan tinchlikparvar tashqi siyosati;
Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda;
Fidoyi tadbirkorlarimiz – yangi O’zbekistonning madadkorlari;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlangan bayram tantanasidagi nutqining mazmuni va mohiyati;
O’tilgan mavzular muhokamasi mavzularida
mustaqillik darslari o’tkazildi. 6-sentabr kuni ertalab soat 8:00 da hamma o’quvchilar litsey hududida yig’ildilar. Dastlab so’z navbati yangi o’quv yilini ochiq deb e’lon qilish uchun litseyimiz direktori Nazarova Farida Abduraimovnaga berildi. Farida Abduraimovna barcha O’quvchilar va o’qituvchilarni yangi o’quv yili bilan tabrikladi. Barcha o’quvchilarga o’qishlarda muvaffaqiyatlar tiladilar.
Mustaqillik darslari uchun jami 6 soat (3 juftlik) ajratilgani bois, birinchi juftlikda hamma guruhlar o’z xonalarida guruh rahbarlari bilan birgalikda birinchi mustaqillik darsini olib bordilar.
Ikkinchi va uchinchi juftliklarda barcha o’quvchilar va o’qituvchilar Faollar zaliga yig’ildilar. U yerda Ijtimoiy-gumanitar kafedra o’qituvchilari tomonidan mustaqillik darslarini o’tib berdilar. O’zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdim etilgan Mustaqillik darslariga bag’ishlangan videodarsliklar o’quvchilar e’tiboriga havola qilindi. Litsey tarix o’qituvchilari Qushbekov Sanjar va Panamaryova Tatyana Livovna tomonidan mamlakatimizdagi 30 yillik islohotlar, har bir sohada olib borilayotgan o’zgarishlar haqida ma’ruzalar o’qildi. O’quvchi yoshlarga tushunchalar berildi va mustaqillik darslaridan ko’zlangan maqsadga to’liq erishildi.











