“ANIQ VA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR HAFTALIGI” TADBIRI JARAYONIDAN
2026-yil 17-mart kuni BIOLOGIYA fani oʻqituvchilari hamda 1-kurslar bilan hamkorlikda tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda belgilangan vaqtda biologiya faniga oid eng koʻp formulalarni yozish shartida oʻquvchilar faol ishtirok etdi. "Savol bizdan javob sizdan" metodida esa oʻquvchilar biologiya faniga doir qiziqarli savollarga javob berdi. Barcha ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.