«YOSHLAR O’RTASIDA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH…» TADBIRI JARAYONIDAN
2026-yil 30-yanvar kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida soha mutaxassislari hamda o'quvchilar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi. ❇️ Tadbirda ichki ishlar akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik F.H.Axmedov, Yakkasaroy tuman IIO FMB BE va YPTEG inspektori, katta leytenant M.Ochilovalar ishtirok etdi. ✅ Soha mutaxassislari tomonidan kiberjinoyatchilikning salbiy oqibatlari, turlari va uning insonlar hayotida olib keluvchi xavfli ta'sirlari xususida batafsil ma'lumot berildi. ❇️ Mavzuga oid slayd, videolar namoyishi ham o'quvchilarga katta taassurot qoldirdi. ❇️ O'quvchilar tomonidan berilgan savollarga ochiq muloqot tarzida mutaxassislar tomonidan asosli javoblar berildi.