15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi. Tadbirga Yakkasaroy tumani 60-sonli OP shifokorlari va ichki ishlar hodimlari taklif etildi. Barcha so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarning turmush qurish oldidagi tayyorgarligidan to barpo etilgan oilaga e’tibor, ularni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal…