2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

Continue Reading2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.

Akademik litseylarga hujjatlar 1-iyundan onlayn qabul qilinadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrug‘i tasdiqlandi. Unga ko‘ra, akademik litseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Yagona ta’lim xizmatlari portali” my.edu.uz platformasi orqali joriy yil 1-iyundan 30-iyunga qadar bepul amalga oshiriladi. Respublikamizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari haqidagi ma’lumot platformada avtomatik shakllanadi. Faqat ular imtiyoz beruvchi hujjat va 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat (agar pasport/ID olmagan bo‘lsa) yuklashlari zarur bo‘ladi. Ayrim abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida platforma orqali quyidagi hujjatlarni yuklaydi:…

Continue ReadingAkademik litseylarga hujjatlar 1-iyundan onlayn qabul qilinadi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga Toshkentdagi Koreya ta’lim markazi xodimi Ten Tatyana tashrif buyurdi.

2023 yil 5 may kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga Toshkentdagi Koreya ta’lim markazi xodimi Ten Tatyana tashrif buyurdi. O‘tkazilgan suxbat davomida 3 may kuni bo‘lib o‘tgan “Notiqlik san’ati” ko‘rik tanlovi nominatsiyalarida ishtirok etgan akademik litsey o‘quvchilarini qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabrikladi. Bundan tashqari Nizomiy nomidagi TDPU akademik litseyda faoliyat yuritib kelayotgan koreys tili volontyori Shin Ji Xening o‘qitish guruhlariga kirib o‘quvchilar bilan

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga Toshkentdagi Koreya ta’lim markazi xodimi Ten Tatyana tashrif buyurdi.

 Koreya Respublikasi elchixonasi xamda Koreya ta’lim markazi tomonidan tashkillashtirilgan O‘zbekistonlik o‘quvchilar o‘rtasida “Notiqlik san’ati” tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 3 may kuni Koreya Respublikasi elchixonasi xamda Koreya ta’lim markazi tomonidan tashkillashtirilgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar o‘rtasida “Notiqlik san’ati” tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2 nafar o‘quvchisi Abdulatifova Asal va Matqosimova Sevinch ishtirok etib “Eng mazmunli hikoya” va “Eng mohir notiq” nominatsiyalarida g‘olib deb topildilar. Ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Continue Reading Koreya Respublikasi elchixonasi xamda Koreya ta’lim markazi tomonidan tashkillashtirilgan O‘zbekistonlik o‘quvchilar o‘rtasida “Notiqlik san’ati” tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Xitoy Xalq Respublikasining Sian shaxridagi Ta’lim Boshqarmasi direktori Xong Yu Li boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. 

2023 yilning 2 may kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga Xitoy Xalq Respublikasining Sian shaxridagiTa’lim Boshqarmasi direktori Xong Yu Li boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. Mexmonlar Sian shahrining barcha ta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdilar. Akademik litseyning xitoy tilini o‘rganuvchi o‘quvchilar bilan suxbat o‘tkazildi. Ko‘p sonli savollariga batafsil javoblar

Continue ReadingXitoy Xalq Respublikasining Sian shaxridagi Ta’lim Boshqarmasi direktori Xong Yu Li boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.