You are currently viewing MATEMATIKA SOHASIDAGI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH VA KADRLAR TAYYORLASH ISTIQBOLIGA QARATILGAN “UCH AVLOD” UCHRASHUVI

MATEMATIKA SOHASIDAGI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH VA KADRLAR TAYYORLASH ISTIQBOLIGA QARATILGAN “UCH AVLOD” UCHRASHUVI

Joriy yilning 15-oktyabr kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti Fizika matematika fakulteti tomonidan “MATEMATIKA SOHASIDAGI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH VA KADRLAR TAYYORLASH ISTIQBOLIGA QARATILGAN “UCH AVLOD” UCHRASHUVI” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi. Tadbirni universitet rektori Alisher Yusubjanovich Umarov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Rektor o’z so’zida Matematika faning hayotimizdagi tadbiqi haqida  so’z yuritdi va »   matematika faniga bo’lgan e‘tibor shaxsan davlat rahbari e’tiborida ekanligini, bunday vaziyatda soha mutaxassislari matematika pedagogligi bo’yicha yetarli izlanish va o’rganishlarni olib borib, amaliyotga joriy qilinishida faollik ko’rsatish kerakligini ta’kidladi. Ushbu ilmiy anjuman ham ana shu maqsadda tashkil etildi.

Ilmiy anjumanda O‘zbekiston qahramoni. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika instituti direktori, akademik  Ayupov Shavkat Abdullayevich  “O‘zbekistonda matematika fani rivoji va matematika ta’limi” mavzusida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy matematika kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi Madirimov Mamatsoli Madirimovich “O’zbekiston qahramoni Ayupov Shavkat Abdullayevich hayoti va ilmiy ijodi” mavzusida atroflicha maʼruza qilishdi.

Anjumanda O’zbekiston respublikasi prezidentining matematika  taʼlim sohasiga qaratilayotgan e ‘tibori haqida va bunday mas ‘ulyatli vazifani yosh avlodga tatbiq etish va matematika ta’limini rivojlantirishda fan, amaliyotning xamjihatligini uyg‘unlashtirish, matematika fani ta’limining nazariy va metodologik asoslari, xorijiy va mahalliy tajriba va ushbu ta’limni rivojlantirish sohasidagi dolzarb muammolarni hal qilishda mavjud va yangi yondashuvlar masalalari muhokama qilindi.

Konferensiya davomida O‘zbekiston qahramoni. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika instituti direktori, akademik  Ayupov Shavkat Abdullayevich ga talabala yoshlar o’zlarini qiziqtirgan turli savollar bilan muroja ‘at qildilar va kerakli javoblarni oldilar “Uch avlod” ilmiy uchrashuvi san ‘atkor mehmoni O’zbekiston Respublikasi lazgi raqs ansambli hush ovoz honandasi  Dilmurod Otajonov bo’ldi shu barobarda Toshkent davlat pedagogika universiteti Fizika matematika fakulteti talaba yoshlari  “Ustozlar” mavzusida qiziqarli sahna ko’rinishlari namoyish etishdi va ilmiy seminarni ko’tarinki ruhda yakunlashdi ilmiy anjumanda matematika sohasida amaliy tajribaga ega bo‘lgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Professorlari, dotsentlari tadqiqotchilari va o‘qituvchilari, metodistlar, ta’lim muassasa rahbarlari, talabalar, doktorantlar va magistrantlar ishtirok etdilar.

Fikr bildirish